Belgiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini saqlash uchun xalqaro koalisiya tuzishni taklif qilmoqda.
Bu haqda Belgiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Maksim Prevo ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Euroclear markazi Rossiyaning Yevropadagi sanksiyalar ostidagi aktivlarini saqlaydi. Gap 180 milliard yevrodan ortiq (taxminan 202 milliard dollar) haqida bormoqda.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi diplomatlari Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolib, uni yumshatishga harakat qilishi mumkin, deb umid qilmoqda.
Prevoning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda YEI muzlatilgan aktivlarni saqlab qolish uchun muqobil mexanizmlarga ega bo‘lishi kerak: "Bu Eurocleardagi aktivlarning saqlanishini ta’minlaydigan yangi xalqaro ramka tashabbusi yoki boshqa yo‘l bilan - Belgiya parlamentining milliy tashabbusi bo‘lishi mumkin. Biz milliy qonunchiligimizga o‘zgartirishlar kiritish zarurligini aniqlaymiz. Menimcha, buning uchun xalqaro huquqiy asosni yaratishdan qochish yaxshiroqdir".
Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi rahbari ikkala holatda ham Belgiya yakka o‘zi harakat qila olmasligini qo‘shimcha qildi.
Umuman olganda, 2022 yil fevralidan so‘ng G‘arbda Rossiya Markaziy bankining 300 milliard yevroga yaqin aktivlari muzlatib qo‘yildi, shundan taxminan 190 milliard yevro Belgiya depozitariysi Euroclear hisoblarida. Aktivlar shu kungacha muzlatilgan va YEI Rossiya Ukrainaga yetkazgan zararni qoplamaguncha ular blokdan chiqarilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
8 may kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal xabar berganidek, mamlakat ERA dasturi doirasida 1,13 mlrd mablag‘lar muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foydadan ajratilgan.