Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Belgiya Rossiyaga turistik vizalar berishni to‘xtatadi

A A A
Belgiya Rossiyaga turistik vizalar berishni to‘xtatadi

1 iyuldan boshlab Belgiyaning Rossiyadagi konsulligi qisqa muddatli vizalar, jumladan, turistik vizalar berishni to‘xtatdi, deb xabar beradi Rossiya Turoperatorlar uyushmasi VFS Global viza markazlari operatoriga tayanib.

“1 iyuldan boshlab Belgiya vizasiga murojaat qilish markazi faqat 31 avgustgacha mamlakatga kelishni rejalashtirayotgan abituriyentlardan talabalik vizalari, mehnat vizalari, oilani birlashtirish vizalari uchun arizalarni qabul qiladi”, — deyiladi xabarda.

VFS Globalda aniqlik kiritilishicha, 1 iyuldan boshlab mamlakatda 90 kundan kam muddatga qolish uchun qisqa muddatli viza olish uchun arizalar qabul qilinmaydi. Bu turkumga turistik vizalar ham kiradi.

Belgiya 23 may kuni mamlakatga kiruvchi sayyohlar uchun koronavirus cheklovlarini bekor qildi.

Kiritildi: 08:00 30.06.2022. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!