Unga ko‘ra, Mogilyov shahri Lenin tumani sudi qaroriga asosan, Belarus Axborot vazirligi BBC Rus xizmatining "mahsulotlarini" maxsus ro‘yxatga kiritdi. Idoraning yangilangan reestrida qayd etilgan ushbu qadamni mediakorporasiya keskin qoraladi.
Hozirda cheklovlar kompaniyaning barcha kontentiga tegishlimi yoki faqat muayyan bo‘lim materiallariga, bunisi noma’lum.
Vazirlik, shuningdek, yana o‘nlab boshqa internet-resurslarni ham taqiqlangan deb e’lon qilgan. Bunday ma’lumotlarni tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik va jarima belgilangan, deyiladi bayonotda.