Lukashenkoning matbuot kotibi u keng ko‘lamli urush boshida Zelenskiydan uzr so‘ragani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Belarus prezidenti Zelenskiydan hech qanday uzr so‘ragani yo‘q, chunki bunga asos yo‘q", — deya Natalya Eysmontning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “RBK” nashri.
Eysmontning qo‘shimcha qilishicha, urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay Lukashenko va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat "faqatgina Belarus prezidentining kichik o‘g‘li Nikolayning emosional reaksiyasi tufayli amalga oshgan, chunki uning telefonida Ukraina prezidentining shaxsiy aloqa raqami bor bo‘lgan.
Belarus prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida Lukashenko Zelenskiyga Rossiya bilan muzokaralarni boshlashni taklif qilgan.