Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Belarus 123 nafar siyosiy mahbusni ozod etdi

Belarus 123 nafar siyosiy mahbusni ozod etdi

The Insider nashri bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, siyosiy mahbuslarning ozod qilinishi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan erishilgan kelishuvlar doirasida va uning iltimosiga binoan, shuningdek, Belarusning kaliyli o‘g‘itlad sanoatiga qarshi sanksiyalar bekor qilingani munosabati bilan amalga oshirilgan.

“Zerkalo” nashri ma’lumotiga ko‘ra, belaruslik huquq himoyachisi va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyaskiy, shuningdek, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Viktor Babariko ozodlikka chiqqan. Shuningdek, Babarikoning shtabi advokati Maksim Znak va shtab rahbari Mariya Kolesnikova ham ozod etilgan.

"Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, AQSH, Litva, Ukraina, Latviya, Avstraliya va Yaponiya fuqarolari ham ozod qilingan. Ozod etilganlarning barchasi Litva va Ukrainaga chiqarib yuborilgan", deya yozmoqda The Insider.

Kiritildi: 21:11 13.12.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!