Mashhur britaniyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem Xitoyda "Dallas Maveriks" va "Xyuston Rokets" o‘rtasidagi NBA mavsumoldi o‘yiniga tashrif buyurdi. "Dallas" 132-115 hisobida g‘alaba qozondi. Bekxem tribunada aktyor Jeki Chan va sobiq basketbolchi va sakkiz karra All-Star sohibi Yao Ming bilan uchrashdi.
Britaniyalik ushbu tadbirdan olingan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi. U Jeki Chan bilan tushgan suratga: "Yana afsonaviy Jeki Chan bilan. Xitoyda NBA o‘yinlarining birinchi kechasi", deb izoh qoldirdi.
Keyinchalik Bekxem Yao Ming bilan tushgan suratlarini joylashtirdi va ularga: "Xitoyda NBA o‘yinlarining oxirgi kechasi... Eski do‘stimni ko‘rish juda yoqimli", deb izoh qoldirdi.