Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bekobod tumanida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bekobod tumanida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. boshqa bir fuqaro D.ni qo‘shni Tojikiston Respublikasi Xo‘jand davlat universitetidagi o‘qishini tanishlari yordamida Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:38 22.09.2022. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!