Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Behayo suratlari tufayli o‘zini o‘ldirgani aytilgan samarqandlik kelinchak ishi qayta ko‘rib chiqiladi

A A A
Behayo suratlari tufayli o‘zini o‘ldirgani aytilgan samarqandlik kelinchak ishi qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida 19 yoshli kelinning fotosurati "Telegram" tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini o‘zi osib qo‘yganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilindi va qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish haqida ko‘rsatma berildi.

Qo‘shimcha tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Kiritildi: 20:41 07.04.2023. O'qildi: 6267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!