Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 3 nafar yosh bola ham bor. Bundan tashqari, otishmada 14 kishi yaralangan. Hozircha otishmaga nima sabab bo‘lgani noma’lum va hech kim qo‘lga olinmagan.
Polisiya vakili Atlenda Matening ma’lum qilishicha, shanba kuni erta tongda kamida uch nafar qurollangan shaxs JAR poytaxti Pretoriyaning g‘arbiy qismidagi Solsvill hududida joylashgan hostelga bostirib kirib, odamlar guruhiga tartibsiz ravishda o‘q uzishni boshlagan.
Janubiy Afrika Respublikasi dunyoda qotillik darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanib, har 100 ming aholiga 45 nafar qotillik holati to‘g‘ri keladi. 2025 yilning aprel–sentyabr oylarida mamlakatda har kuni o‘rtacha hisobda 63 kishi o‘ldirilgan.