Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

BBC: Italiya bosh vaziri Jorja Melonining Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuvi “iliq muhitda” o‘tdi

BBC: Italiya bosh vaziri Jorja Melonining Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuvi “iliq muhitda” o‘tdi

"Meloni Trampga mafkuraviy jihatdan yaqin bo‘lgan milliy-konservativ “Italiya birodarlari” partiyasiga rahbarlik qiladi. Tramp Yevropa Ittifoqiga salbiy munosabatda bo‘lsa-da, Meloni bilan yaxshi aloqalarga ega. Italiya bosh vaziri Trampning inaugurasiyasida qatnashgan yagona Yevropa yetakchisi bo‘lgan", deb yozadi nashr.

Shu bilan birga, Jorja Meloni Yevropa integrasiyasini qo‘llab-quvvatlovchi, Yevropa Ittifoqining birligi tarafdori bo‘lgan siyosatchi hisoblanadi. U, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga qarshi kurashishni yoqlovchi bayonotlar berib keladi.

Shu sababli yevropalik boshqa yetakchilar Meloni Trampni Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimi tuzishga undashi va katta savdo urushining oldini olishga yordam berishiga umid qilmoqda.

Muzokaralar boshlanishidan oldin Jorja Meloni tashrifining maqsadi Tramp bilan muzokaralarni boshlash va uni Italiyaga taklif qilish ekanligini aytdi. U Rimda Trampning boshqa Yevropa yetakchilari bilan ham uchrashuvini tashkil qilishga umid bildirdi. Muzokaralardan so‘ng Meloni Tramp o‘zining taklifini qabul qilganini ma’lum qildi.

BBCning Yevropa bo‘yicha muxbiri Laura Gozzi Melonining bayonotlarini umumlashtirar ekan, u Tramp bilan muloqotda “to‘g‘ri tugmalarni bosishga harakat qilganini” ta’kidladi.

Kiritildi: 12:57 18.04.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!