Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

BBC: Isroil Damashqdagi prezident saroyi yaqiniga aviazarbalar berdi

BBC: Isroil Damashqdagi prezident saroyi yaqiniga aviazarbalar berdi

Bu hujum Suriya janubida mamlakat yangi hukumati xavfsizlik kuchlari va druz qurolli guruhlari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlardan keyin amalga oshirildi.

"Bu — Suriya rejimiga ochiq signal. Biz Damashq janubiga qo‘shin yuborilishini yoki druzlar jamoasiga nisbatan har qanday tahdidni qat’iy ravishda qoralaymiz",— deyiladi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Kasning ommaviy axborot vositalari tomonidan keltirilgan qo‘shma bayonotida.

Keyinroq Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) zarbalar Damashqdagi yangi prezident — Ahmad ash-Sharaa qarorgohi yaqinidagi hududga berilganini tasdiqladi. Isroil tomoni bu harakatni "ogohlantiruvchi chora” deb atadi va agar druzlarga hujumlar davom etsa, yana ham keskinroq javob berilishini bildirdi.

Bu orada Suriya rasmiylari o‘z bayonotida xavfsizlik kuchlari faqat tartibni tiklash uchun yuborilganini va ular to‘qnashuvlarda ishtirok etmaganini ma’lum qilishdi. Shu bilan birga, Suriya Inson huquqlarini kuzatish markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlarda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Kiritildi: 10:33 02.05.2025. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!