Nashrning xabar berishicha, Korbin yangi partiya tashkil etilishi haqidagi bayonotni 31 yoshli Zara Sultana bilan birgalikda e’lon qildi. Sultana ham sobiq leyborist hisoblanadi.
76 yoshli Korbin 1983 yildan beri Quyi palata (Parlament) a’zosi bo‘lib kelmoqda. U Leyboristlar partiyasiga 2015–2020 yillarda rahbarlik qilgan. Partiya yetakchiligiga Kir Starmer kelganidan keyin, Korbin avval fraksiyadan, keyinchalik esa partiyaning o‘zidan ham chiqarib yuborilgan. Bu partiyaning mo‘’tadil markazchi-so‘l yo‘nalishga qaytish jarayoni doirasida yuz berdi. Korbin esa radikal so‘l qarashlarga ega siyosatchi hisoblanadi.