Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

BBC: AQSh Oliy sudi Trampning tug‘ilish huquqi asosida fuqarolik berishni cheklovchi farmoni qonuniyligini ko‘rib chiqadi

BBC: AQSh Oliy sudi Trampning tug‘ilish huquqi asosida fuqarolik berishni cheklovchi farmoni qonuniyligini ko‘rib chiqadi

Qariyb 160 yil avval AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan 14-tuzatish mamlakat hududida tug‘ilgan har qanday shaxs – faqat diplomatlar yoki xorijiy harbiy xizmatchilar farzandlaridan tashqari – avtomatik tarzda AQSh fuqarosi hisoblanishini belgilaydi.

BBC yozganiga ko‘ra, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishgan birinchi kuniyoq, Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy ravishda yashayotgan ota-onalardan tug‘ilgan bolalarga tug‘ilish huquqi asosida fuqarolik berishni to‘xtatish haqidagi farmonni imzolagan. Sudlarga berilgan shikoyatlardan so‘ng, bir nechta federal sudyalar mazkur farmonni Konstitusiyaga zid, deb topdi va ikki apellyasiya sudi ham bu qarorni tasdiqladi.

Shundan keyin prezident Tramp ishni AQSh Oliy sudiga olib chiqdi. Oliy sud iyun oyida prezident foydasiga qaror qabul qilib, quyi instansiya sudlari tomonidan qo‘llangan taqiq “ularning vakolatidan tashqari” ekanini ma’lum qildi.

Ayni paytda Oliy sud ishni mohiyatan ko‘rib chiqish sanasini hali belgilagani yo‘q.

Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilga kelib AQShda noqonuniy muhojirlardan tug‘ilgan 1,2 million bola tug‘ilish huquqi asosida AQSh fuqaroligini olgan.

Kiritildi: Bugun 13:56. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!