Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bayram kunlari valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlab turadi

Bayram kunlari valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlab turadi

Joriy yilning 18-22 mart kunlari aholiga valyuta operasiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi.

Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, kunning istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalaridan foydalanib, masofadan valyuta ayirboshlash operasiyasini amalga oshirish imkoniyatidan ham foydalanishingiz mumkin.

Banklar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan

Kiritildi: 21:41 17.03.2023. O'qildi: 1349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!