O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram kunlarida ichki sayohatlar uchun qo‘shimcha transport imkoniyatlari yaratiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent—Samarqand, Toshkent—Buxoro va Toshkent—Urganch yo‘nalishlarida qo‘shimcha yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, viloyatlararo barcha yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobuslar harakati tashkil etiladi.
Toshkent—Urganch, Nukus, Buxoro va Termiz yo‘nalishlarida esa qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi.
Qolaversa, ayrim poyezdlarga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi.