Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi?

Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi?

Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jami 25ta bank orqali bayram va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun — 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam olishadi. Bu bo‘yicha o‘tgan yili prezidentning tegishli farmoni qabul qilingandi.

Shundan kelib chiqib, dam olish kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

  1. Agro bank”;
  2. Asisa Alliance bank“;
  3. Aloqa bank“;
  4. Anor bank“;
  5. Asaka bank“;
  6. Biznesni rivojlantirish banki“;
  7. Garant bank“;
  8. Davr bank“;
  9. InFinbank“;
  10. Ipoteka bank“;
  11. Ipak Yo‘li banki“;
  12. Madad Invest bank“;
  13. MKBank“;
  14. Octobank“;
  15. Orient Finance bank“;
  16. Poytaxt bank“;
  17. Sanoatqurilishbank“;
  18. Saderat bank“;
  19. Trast bank“;
  20. Turon bank“;
  21. Universalbank“;
  22. Xalq banki“;
  23. Hayot bank“;
  24. Hamkorbank“;
  25. O‘zmilliybank“.

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operasiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.

Kiritildi: 11:15 01.09.2024. O'qildi: 3742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!