Baza nashri xabariga ko‘ra, "Xivus" kemasi 14 nafar yo‘lovchini tashiyotgan bo‘lgan. Kater qirg‘oqdan taxminan 30 metr uzoqlikda, "Cherepaxa" (Toshbaqa) qoyasi yaqinida ag‘darilib ketgan.
Nashrning yozishicha, 10 kishi qutqarib qolingan, ularda tananing o‘ta sovib ketishi alomatlari kuzatilmoqda. Bir kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Baza va 112 telegram kanallarining yozishicha, to‘rt kishi suv ostida qolmoqda. Mash internet-nashri ularning cho‘kib ketgani haqida xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suvga cho‘kib ketgan to‘rt kishini qidirish ishlari davom etmoqda.