Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bayden va Zelenskiy armiyaga chaqirilishi kerak - Volodin

Bayden va Zelenskiy armiyaga chaqirilishi kerak - Volodin

Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy «birinchi navbatda yangi mezonlarga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlariga chaqirilishi kerak». Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.

«Ukraina Qurolli kuchlari askarlarning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda. Qo‘shimcha safarbarlik bo‘yicha ko‘rilgan choralar va boshqa mamlakatlarga ketgan fuqarolarni qaytarishga urinishlar samarasiz bo‘ldi. Shu sababli, OIV, gepatit va sil bilan kasallangan, aqli zaif va ruhiy kasallikdan aziyat chekkanlar endi Ukraina Qurolli Kuchlarida xizmatga yaroqli deb topiladi. Bu mezonlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari safiga birinchi bo‘lib aqli zaif shaxs sifatida Bayden, shuningdek, uning do‘sti Zelenskiy turli dori-darmonlarga qaram bo‘lgan ruhiy bemor sifatida chaqirilishi kerak», — deydi Volodin.

Kiritildi: 13:55 04.05.2024. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!