Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bayden va Putin Ukrainada urush boshlanganidan beri aloqa kanallarini saqlab kelmoqda

Bayden va Putin Ukrainada urush boshlanganidan beri aloqa kanallarini saqlab kelmoqda

2022 yil 24 fevralda Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning amerikalik hamkasbi Jo Bayden to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmagan bo‘lsalar-da, bilvosita aloqa kanallarini saqlab qolishdi.

Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Maqolada ta’kidlanishicha, Moskva va Vashington turli idoralar darajasida o‘zaro hamkorlik qilgan.

Shunday qilib, AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakovga “yashirincha bir qator qo‘ng‘iroqlarni boshladi”. Ulardan birida amerikalik amaldor AQSh portlovchi moslamalar bo‘lgan posilkalarni kurerlik xizmatlari orqali jo‘natish bilan bog‘liq vaziyat uchun Rossiyani javobgar deb bilishini aniq aytdi.

Maqolada, shuningdek, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns bu masalani Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va FSB rahbari Aleksandr Bortnikov bilan muhokama qilgani aytiladi. Amerika tomoni bu rossiyalik amaldorlar Rossiya prezidenti bilan muntazam aloqada bo‘lgan deb taxmin qilgan.

Kiritildi: 10:17 14.01.2025. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!