Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berish uchun Amerikaning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga ruxsat berdi

Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berish uchun Amerikaning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga ruxsat berdi

Jo Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berish uchun Amerikaning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Ismi oshkor etilmagan rasmiylarga ko‘ra, gap Kursk viloyatidagi Ukraina kuchlarini himoya qilish uchun uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalaridan foydalanish haqida ketmoqda.

"Ammo keyinroq Bayden Kiyevga ATACMSS raketalaridan Kurskdan boshqa hududlarda ham foydalanishga ruxsat berishi mumkin", deb yozadi NYT.

Nashrning yozishicha, Bayden Rossiyaning Shimoliy Koreya qo‘shinlarini jangovar harakatlarga jalb qilish haqidagi qaroriga javoban Ukrainaga Rossiya hududiga hujumlar uchun ATACMS dan foydalanishga ruxsat bergan.

Qo‘shma Shtatlar uzoq muhokamalardan so‘ng, may oyida Ukrainaga faqat Rossiya armiyasi oldinga siljishga urinayotgan Xarkov hududida zarba berish uchun taxminan 80 kilometr masofaga uchadigan HIMARS raketasidan foydalanishga ruxsat bergan edi.

Ma’lumot uchun, ATACMS uzoq masofali ballistik raketa bo‘lib, unung uchish masofasi modifikasiyasiga qarab 150 dan 300 kilometrgachani tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!