AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga so‘nggi hujumini qattiq qoralab, uni «g‘azablanarli» deb baholadi.
«Bu g‘azablanarli hujum Ukraina xalqini Rossiya tajovuzidan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashning naqadar dolzarb va muhimligini yana bir bor eslatadi,» - dedi Bayden Oq uy tomonidan chiqarilgan bayonotda.
Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga qilgan havo hujumlari natijasida 1 milliondan ortiq ukrainalik elektr energiyasisiz qoldi, deb ma’lum qildi Ukraina mintaqaviy mansabdorlari.
«Rossiya Ukraina xalqining jasorati, chidamliligi va qat’iyatini past baholashda davom etmoqda. Qo‘shma Shtatlar Ukrainani va uning ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashda 50 dan ortiq davlat bilan birga», - deya qo‘shimcha qildi Bayden.