Baydenning xotiralariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvlar davomida qovog‘i solingan holda gapirgan va o‘zini befarq tutish maqsadida kursisiga bemalol suyanib o‘tirgan. Sobiq prezident uning bu xatti-harakatlarini «o‘smirning qiliqlari»ga qiyoslagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni esa Bayden «injiq va o‘jar» deb ta’riflagan. Uning ta’kidlashicha, Ukraina rahbari kutganidan kamroq minnatdorchilik bildirgan.
Shu bilan birga, Bayden Zelenskiyning aktyorlik tajribasiga yuqori baho bergan. Uning fikricha, aynan shu tajriba Ukraina prezidentiga urush holatidagi mamlakat rahbari rolini bajarishda yordam bergan.
Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxunu mamlakatning uzoq muddatli manfaatlaridan ko‘ra o‘zining siyosiy mavqeini saqlab qolishni ustun qo‘yganlikda ayblagan.
AQShning sobiq prezidenti, shuningdek, Isroilning harbiy amaliyotlari oqibatida juda ko‘plab begunoh falastinliklar halok bo‘lganini ham tan olgan.
Bayden Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II haqida esa alohida iliq fikrlar bildirgan. Uning aytishicha, qirolichaning kuchli xarakteri va yumor hissi unga o‘z onasini eslatgan.