AQShning iste’fodagi prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan nima haqida gaplashganini aniq tushuntirib bera olmadi va unga nisbatan tanqidni shakllantira olmadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda .
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden Vashington chekkasidagi Arlingtondagi harbiy bazada chiqishi chog‘ida Rossiya prezidenti haqida gapirar ekan, bir-biriga mos kelmaydigan so‘zlarni aytgan.
“Men u bilan telefonda gaplashganimda, u bizni Yevropaning Finlyandiyasi bo‘lishimizni xohlayotganini aytdi. Keyin men unga haqiqatan ham Yevropaning Finlyandiyasini olmaysiz, deb ta’kidladim. Siz Yevropani emas, balki Finlashtirasiz. Yevropaning NATOga qo‘shilishini ko‘rasiz . Finlandiya NATOga, Shvesiya NATOga qo‘shildi”, dedi Bayden o‘z nutqida.