Jo Bayden AQSh harbiy kompaniyalariga Ukrainada harbiy texnikalarni ta’mirlashga ruxsat berdi. Bu haqda CNN Amerika rasmiylariga tayanib xabar berdi.
"Amerika kompaniyalarining Ukraina hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib borishiga qo‘yilgan amaldagi taqiqning bekor qilinishi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiyaga qarshi foydalanilgan qurollarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonini tezlashtiradi, deya xabar bermoqda CNN Amerika rasmiylariga tayanib.
"Gap birinchi navbatda F-16 qiruvchi samolyotlari va Patriot havo mudofaa tizimlari haqida ketmoqda", — dedi tashabbus bilan tanish bo‘lgan Jo Bayden ma’muriyati vakili.