Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Baxtiyor Saidov Turkiyaning yangi Tashqi ishlar vazirint O‘zbekistonga taklif qildi

A A A
Baxtiyor Saidov Turkiyaning yangi Tashqi ishlar vazirint O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning yangi tayinlangan Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida Saidov turkiyalik mavqedoshini O‘zbekistonga taklif qildi.

“Qadrli birodarim Hakan Fidan janoblarini Turkiya tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani munosabati bilan telefon orqali tabriklab, uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan ulkan kun tartibiga alohida to‘xtalib o‘tdik va O‘zbekiston Turkiya aloqalarni yanada rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni safarbar etishga tayyorligimizni qayd etdik”, deya yozib qoldirdi Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 22:58 04.06.2023. O'qildi: 2359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!