Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Bavariya» prezidenti Levandovskining klubni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

A A A
«Bavariya» prezidenti Levandovskining klubni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Bavariya» prezidenti Gerbert Hayner jamoa hujumchisi Robert Levandovskining yozda klubni tark etishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Robert Levandovskining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar imzolangan. U bu kelishuvni bajaradi», – deya Gerbert Haynerning so‘zlarini keltirgan Bild.

Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, Myunxen klubi polshalik goleadorning agenti Pini Zaxaviga ham Levandovski bilan mavsumlar oralig‘ida xayrlashmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Levandovski Germaniya chempioni safini tark etishga qaror qilgani va faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni istayotgani haqida xabar qilingan edi. U klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga kela olmagach, yana bir yil jamoada qolishni xohlamayapti.

Ma’lumot uchun, Robert joriy mavsum myunxenliklar safida Bundesligada 33 o‘yinda 34ta gol, YECHLda esa 10 bahsda 13ta golga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 07:28 14.05.2022. O'qildi: 2152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!