Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga tushdi

Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga tushdi

Suriyada sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasi Vasim qo‘lga olindi, bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Vasim Asad razvedka bosh boshqarmasi va IIV hamkorligida o‘tkazilgan puxta rejalangan amaliyot chog‘i Livan chegarasi yaqinida qo‘lga tushdi. U giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilinyapti», — deyiladi bayonotda.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, Suriya Bashar Asadning 13 yillik hukmronlik davrida 500 mlrd dollar zarar ko‘rgan.

Bashar Asad isyonchilar Damashqni egallaganidan so‘ng 2024 yil dekabrida Moskvaga qochib ketgandi. U va oilasi hozir ham Rossiya poytaxtida yashayapti.

Kiritildi: 18:05 21.06.2025. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!