Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Bashar al-Assadning rafiqasi eridan ajrashmoqchi va Rossiyani tark etmoqchi

Bashar al-Assadning rafiqasi eridan ajrashmoqchi va Rossiyani tark etmoqchi

Bu haqda turk va arab OAVlari xabar bermoqda. Manbalarga ko‘ra, Asma Putin homiyligidagi Rossiyadagi yangi hayotidan norozi va Londonga ko‘chib o‘tmoqchi. Ikki hafta oldin Suriya diktatori Asad isyonchilar poytaxt Damashq va uning saroyiga yetib borganidan keyin oilasi bilan Moskvaga qochib ketdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asma al-Assad ko‘chishga majbur bo‘lgach, Rossiya sudidan Moskvani tark etish uchun maxsus ruxsat so‘ragan. Uning so‘rovi hozirda Rossiya rasmiylari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Asma al-Assad suriyalik bo‘lishdan tashqari Britaniya fuqaroligiga ham ega. U 1975 yilda Londonda tug‘ilgan. 2000 yilda u Suriyaga ko‘chib o‘tdi va 25 yoshida Bashar al-Assadga turmushga chiqdi.

Asadning o‘zi Rossiya boshpanasida qattiq cheklovlar ostida yashaydi: uning boshpana so‘rovi ma’qullandi, ammo unga Moskvani tark etishi yoki siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan. Bundan tashqari, Rossiya rasmiylari uning aktivlarini muzlatib qo‘ygani xabar qilingan. Aktivlar orasida 270 kilogramm oltin, ikki milliard dollar va Moskvadagi 18 ta kvartira bor.

Kiritildi: 19:52 23.12.2024. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!