“Barselona” rahbariyati jamoaning joriy yilgi o‘yinidan norozi.
Ispan nashrlarining yozishicha, Kataloniya klubi yozda katta inqilobni amalga oshirmoqchi. “Barselona” bir yo‘la 9 futbolchisini sotish niyatida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” safini yozda Lyuk Din, Yerri Mina, Tomas Vermalen, Nelson Semedu, Aleysh Vidal, Rafinya Alkantara, Andre Gomesh, Jerar Deulofeu, Usmon Dembele va Pako Alkaser tark etishi mumkin.