"Atletik" forvardi Niko Uilyams "Barselona" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Bu haqda insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi. Boshqa manbalarga ko‘ra, Kataloniya klubi 22 yoshli futbolchining shartnomasidagi sotib olish bandidan foydalanmoqchi va uning tovon pulini o‘tkazib berishga tayyor. Avvalroq bu ma’lumotni jurnalist Fabrisio Romano ham tasdiqlagan edi. Uilyams "Atletik" bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.
Klubdagi faoliyati davomida u 167 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol va 30 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 million yevroni tashkil etadi.