Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" yana kamida 6 oy yangi "Kamp Nou"ga qaytolmasligi kutilmoqda

"Barselona" yana kamida 6 oy yangi "Kamp Nou"ga qaytolmasligi kutilmoqda

"Barselona"ning "Kamp Nou"ga qaytishi yana ortga surilmoqda. Yaqindagina Kataloniya klubi yozda qadrdon stadioniga qaytishni rejalashtirgan edi, ammo buni kamida yana olti oy kutishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Diario Sport xabariga ko‘ra, "Barselona" 2026 yil yanvarigacha "Monjuik"da o‘ynashda davom etishiga ishonchi komil.

"Ko‘k-anorranglilar" media bo‘limi direktorlar kengashiga noaniqlik sharoitida muxlislarning umidlarini oshirmaslik uchun "Kamp Nou"ga qaytishning yangi sanasini e’lon qilmaslikni tavsiya qildi.

Avvalroq, "Barselona" o‘z stadionida o‘ynash uchun lisenziya olmagani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:39 21.07.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!