Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Yamalga yulduz raqobatchi topdi

"Barselona" Yamalga yulduz raqobatchi topdi

"Barselona" 2026 yilning yozida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Kataloniya grandining qiziqishlari ro‘yxatida Dortmundning "Borussiya" klubidan Karim Adeyemi ham bor.

Barca Universal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku 18 yoshli Lamin Yamal yosh bo‘lgani uchun unga kuchli raqobatchi kerak deb hisoblamoqda. Hujum chizig‘ida ham o‘ynay oladigan germaniyalik vinger klub uchun optimal variant bo‘lib turibdi.

Karim Adeyemining Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 60 mln yevro. So‘nggi vaqtlarda 23 yoshli futbolchiga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Kiritildi: 23:46 15.11.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!