Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona" o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Barselona" o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Ispaniyaning "Barselona" klubi o‘zining rasmiy veb-saytida himoyachi Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Yangi shartnoma 2031-yil 30-iyungacha amal qiladi.

"Bu qaror La Masiyada o‘sgan va yosh futbolchilar uchun ajoyib o‘rnak bo‘lgan futbolchiga ishonch bildirishdir. Uning o‘yini, yetukligi va fidoyiligi klub bilan aloqasini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynadi", deyiladi klub bayonotida.

Bu mavsumda 24 yoshli Erik Garsiya Ispaniya ligasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!