UYEFA "Barselona"ni talablarni qayta-qayta buzgani uchun jazolashi mumkin.
2023 yilning iyulida Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi kataloniyaliklarga nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan foyda noto‘g‘ri aks ettirilgani uchun yarim million yevro to‘lashni buyurgan edi. Bunga iqtisodiy dastaklardan birinchisi - 2022 yilda 25 yilga 267 089 000 yevroga audiovizual huquqlarning 10 foizi sotilgani sabab bo‘lganligi da’vo qilingan. "Ko‘k-anorranglilar" qarorni buzilishning og‘irligiga to‘g‘ri kelmasligini e’tiborga olib, apellyasiya berdi, ammo apellyasiyalar, shu jumladan Sport sudiga rad etildi.
The Times nashrining yozishicha, 2022 yilda huquqlarning yana 15 foizi - 400 million yevroga sotilgan. CAS qarori shuni anglatadiki, ushbu daromadlar ham operasion daromad sifatida tasniflanishi mumkin emas va ularni aks ettirishning bu usuli noqonuniy deb topilgan va yo‘qotishlarning maksimal miqdori bo‘yicha talablarning buzilishini oldindan belgilab qo‘ygan.
Qayd etilishicha, "Barselona" agar haqiqatan ham xato aniqlansa, kelasi mavsumda Chempionlar ligasi uchun ariza hajmi qisqarishi yoki hatto ochkolari olib tashlanishi mumkin.