"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" joriy yozda "Bornmut"dan Madridning "Real" klubiga o‘tgan Ispaniya terma jamoasining 20 yoshli markaziy himoyachisi Din Xyoysenni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmaganidan afsusda. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi haqiqatan ham Xyoysen nomzodini ko‘rib chiqqan, ammo futbolchining o‘zi to‘liq Ispaniya grandiga o‘tishga qaror qilgan.
"Real" safida 20 yoshli himoyachi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.