Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona" "Nyukasl"ga imkoniyat qoldirmadi

"Barselona" "Nyukasl"ga imkoniyat qoldirmadi

"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida "Nyukasl"ni mehmonda mag‘lub etdi - 2:1. O‘yin «Sent-Jeyms Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar forvardi Markus Reshford dublni rasmiylashtirdi. "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan britaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safida ilk bor gol urdi. O‘yin oxirida mezbonlar tarkibida Entoni Gordon hisobni qisqartirdi.

"Barselona" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Umumiy bosqichning navbatdagi turida "ko‘k-anorranglilar" 1 oktyabr kuni "PSJ"ni qabul qiladi. "Nyukasl" shu kuni "Yunion" mehmoni bo‘ladi.

Nyukasl - Barselona - 1:2
18 sentyabr, 23:59, «Sent-Jeyms Park»
Gollar: Reshford, 58 (0:1). Reshford, 67 (0:2). Gordon, 90 (1:2)
Nyukasl Yunayted: Poup, Livramento, Bern, Sher (A. Merfi, 63), Trippyer (Botman, 76), Joelinton (Dj. Merfi, 63), Tonali, Gimarayns, Barns (Voltemade, 63), Gordon, Elanga (Uillok, 63)
Barselona: X. Garsiya, Martin (E. Garsiya, 81), Kubarsi (Kristensen, 69), Arauxo, Kunde, Pedri, de Yong, Reshford (Olmo, 81), Fermin Lopes (Kasado, 90), Rafinya, Levandovski (Torres, 69)
Ogohlantirishlar: Joelinton, 29. Bern, 45 - Martin, 45. Fermin Lopes, 75. de Yong, 82. Kasado, 90

Kiritildi: 03:01 19.09.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!