Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Levandovskini sotib yubormoqchi

A A A
"Barselona" Levandovskini sotib yubormoqchi

"Barselona" yozgi transfer oynasida hujumchi Robert Levandovskini sotishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar bermoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda Levandovski 17 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali mutaxassislari 35 yoshli polshalik hujumchini 30 million yevroga baholamoqda.

"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. La Liganing so‘nggi o‘yinida Xavi shogirdlari "Atletiko Madrid"ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Kiritildi: 22:02 04.12.2023. O'qildi: 1858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!