Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Joan Gamper kubogidagi raqibi nomini e’lon qildi

"Barselona" Joan Gamper kubogidagi raqibi nomini e’lon qildi

"Barselona" o‘zining rasmiy saytida Joan Gamper kubogining 60-o‘yinidagi raqibi nomini e’lon qildi. Hans-Diter Flik jamoasi "Estadi Yoxan Kroyff" stadionida "Komo"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 10 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:00 da yangraydi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Komo" o‘rtasidagi o‘yin yangilangan "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Kataloniya klubi kerakli lisenziyani qo‘lga kirita olmadi. Arenadagi ishlar hali davom etadi - to‘liq ochilish 2026 yilning yozida rejalashtirilgan.

O‘tgan yili Joan Gamper kubogi bahsida "Barselona" yirik hisobda "Monako"ga 0:3 hisobida yutqazgan edi.

Kiritildi: 20:15 22.07.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!