Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Barselona» himoya yetakchisi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi

«Barselona» himoya yetakchisi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi

Fransiyalik himoyachi Jyul Kunde jonli efirda "Barselona" bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq Kunde "ko‘k-anorranglilar" bilan hamkorlikni uzaytirishga kelishib olgani, biroq hujjatlar bugun, 21 avgust kuni imzolangani haqida xabar berilgandi.

Kunde 2022 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qilmoqda. O‘tgan vaqt davomida himoyachi 142 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining narxi 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:42 21.08.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!