Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

«Barselona» finalda «Real»ni taslim qilib, 16 karra Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi (video)

«Barselona» finalda «Real»ni taslim qilib, 16 karra Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi (video)

"Barselona" Ispaniya Superkubogi-2026 finalida "Real"ni mag‘lub etdi - 3:2. O‘yin Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi "Qirol Abdulloh Sport Siti" stadionida bo‘lib o‘tdi.

"Ko‘k-anorranglilar" safida Rafinya dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Robert Levandovski o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. "Qaymoqranglilar" safida Vinisius va Gonsalo Garsiya gol urdi.

"Barselona" o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi - 90+1-daqiqada Frenki De Yong xavfli "podkat" uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

"Barselona" ketma-ket ikkinchi va o‘z tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Kataloniya jamoasi bu borada rekordchi bo‘lib turibdi, "Real" 13ta sovrin bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Barselona - Real - 3:2

Gollar: Rafinya, 36 (1:0). Vinisius Junior, 45+2 (1:1). Levandovski, 45+4 (2:1). G. Garsiya, 45+6 (2:2). Rafinya, 73 (3:2)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, E. Garsiya (Martin, 83), Balde, Kunde, Pedri, de Yong, Fermin Lopes (Olmo, 66), Rafinya (Reshford, 83), Yamal (Arauxo, 90+3), Levandovski (Torres, 66)

Real: Kurtua, Raul Asensio, Xeysen (Alaba, 76), Karreras, Valverde (Arda Gyuler, 68), Tshuameni, Bellingem, Kamavinga (Sebalyos, 82), Rodrigu, Vinisius Junior (Mastantuono, 82), G. Garsiya (Mbappe, 76)

Ogohlantirishlar: E. Garsiya, 57. Pedri, 86 - Raul Asensio, 57. Valverde, 59. Karreras, 82

Chetlatish: de Yong, 90

Kiritildi: Bugun 07:03. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!