"Barselona" sentyabr oyidan buyon ilk marta Chempionlar Ligasida mag‘lub bo‘ldi.
Xansi Flik jamoasi chorak finalning javob o‘yinida "Borussiya"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi, ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:0 - birinchi o‘yin) yarim finalga chiqdi.
Joriy yilgi YECHLda kataloniyaliklar 12 o‘yindan buyon ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bugungi o‘yingacha "Barselona" umumiy bosqichning 1-turida 19 sentyabr kuni faqat "Monako"ga yutqazgan edi. Shundan so‘ng jamoa turnirda 9 ta g‘alaba va bitta durang qayd etdi