Inigo Martines bir oydan ortiq vaqt maydonga tushmaydi.
«Barselona» himoyachisi Ispaniya Superkubogi doirasida «Real»ga (5:2) qarshi o‘yinning 27-daqiqasida jarohat olgandi.
Ispaniyalik jurnalist Xavi Migelning xabar berishicha, 33 yoshli futbolchining o‘ng oyoq son mushagi yorilib ketgan. Tiklanish 5 hafta davom etadi.
Bu mavsumda Martines La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.