«Barselona» boshqa jamoalarda ijara asosida to‘p surayotgan barcha futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor. Kataloniya grandi Mark-Andre ter Shtegen («Jirona»), Ansu Fati («Monako»), Aron Yakobishvili («Andorra»), Inyaki Penya va Ektor Fort (ikkalasi ham — «Elche») kabi o‘yinchilarning xizmatiga ehtiyoj sezmayapti, deb xabar beradi Diario Sport.
Klub mavsum yakunlanib, futbolchilar ijaradan qaytgach, ularning har biri bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ansu Fatining «Monako» bilan ijara shartnomasida sotib olish huquqi ko‘rsatilgan va monegasklar ushbu bandni faollashtirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, «ko‘k-anorranglilar» La Liga doirasidagi navbatdagi uchrashuvni 22 aprel kuni «Selta»ga qarshi o‘tkazishadi.