Yana 303 nafar ukrainalik harbiy Rossiya asirligidan uyiga qaytdi, dedi Ukraina prezidenti.
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Qurolli kuchlar, Milliy gvardiya, Davlat chegara xizmati va Davlat maxsus transport xizmati harbiylari qaytarilgan.
"Uch kun davomida Ukraina va Rossiya bir-biriga 1000 nafardan asirlarni topshirdi. Bu almashinuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tunu kun ishlagan jamoaga rahmat. Biz albatta barcha yurtdoshlarimizni Rossiya asirligidan qaytaramiz!" — deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.