AQSh Isroilga "Barcha bombalarning onasi"ni yetkazib beradi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga MOAB ("Barcha bombalarning onasi") deb ataluvchi eng kuchli yadro bo‘lmagan bomba yetkazib berishga ruxsat berdi. Bu qaror Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Bombalar onasi" 11 tonna og‘irlikdagi va yer ostidagi ob’ektlarni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan ulkan bomba. Ilgari Jorj Bushdan Jo Baydengacha bo‘lgan barcha prezidentlar mojaro kuchayishidan xavotirlanib, bu qurolni Isroilga berishdan bosh tortgan.
Biroq, Tramp birinchi marta MOABni Isroilga yetkazib berishga ruxsat berdi.