Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Banklardan dollarni hujjatsiz sotib olish miqdori oshishi mumkin

Banklardan dollarni hujjatsiz sotib olish miqdori oshishi mumkin

O‘zbekistonda banklar hujjatsiz 500 dollargacha valyuta sotishi taklif etildi.

Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tegishli o‘zgartishlar loyihasi ishlab chiqildi.

Hozirda tijorat banklari mijozlar 100 dollardan ortiq miqdorda valyuta sotib olmoqchi bo‘lsa, ularni tekshirish choralarini ko‘rishi shart. Yangi taklifga ko‘ra, ushbu limit 500 dollargacha oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, bank hisobvarag‘i ochmasdan amalga oshiriladigan operasiyalarda mijozni tekshirish majburiy bo‘lgan miqdor ham o‘zgartirilishi mumkin. Amalda bu chegara 500 BHMga teng bo‘lsa, yangi taklifda u qat’iy summa — 175 million so‘m etib belgilanmoqda.

Mazkur hujjat hozircha loyiha bo‘lib, u muhokama bosqichida. Qabul qilinib, rasmiy e’lon qilingan taqdirda, uch oy o‘tib kuchga kirishi belgilangan. Muhokama 4 aprelgacha davom etadi.

Kiritildi: Bugun 21:12. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!