Bangladeshda yil boshidan beri dang bezgagidan vafot etganlar soni 415 nafarga yetdi.
Bu haqda Janubiy Osiyo davlati sog‘liqni saqlash xizmati bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Oxirgi 24 soat ichida mamlakatning sakkiz nafar fuqarosi virusli isitmadan vafot etdi, 1389 nafar bemor shifoxonalarga yetkazildi. Dang kasalligining asosiy manbai Dakka va uning atrofida joylashgan. Mamlakat bo‘ylab kasalxonalarda kasallik belgilari bo‘lgan 4035 nafar bemor davolanmoqda. 2024 yil 1 yanvardan beri Bangladeshda 79 984 ta dang kasalligi qayd etilgan.
Bangladeshda isitmaning birinchi yirik epidemiyasi 2000 yilda sodir bo‘lgan va o‘shandan beri kasallikdan o‘lim darajasi har yili yuqoriligicha qolmoqda. 2023 yilda isitmadan vafot etganlar soni 1700 kishidan oshdi, kasallanganlar soni 321 ming kishiga yetdi.
Dang mamlakatda iyundan sentyabrgacha musson mavsumida tarqaladi. Respublika hokimiyati chivinlarning ko‘payishini nazorat qilish bo‘yicha kuchaytirilgan chora-tadbirlariga qaramay, hozir isitmasi bilan og‘rigan bemorlar soni ortib bormoqda.