Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Bangkokdagi shifoxona oldida yo‘l o‘prilib tushdi

Bangkokdagi shifoxona oldida yo‘l o‘prilib tushdi

Tailand poytaxtida 50 metrlik chuqur hosil bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.

Nashrning xabar berishicha, hodisa natijasida ikkita elektr ustuni va bitta polisiya mashinasi chuqurga tushib ketgan, hech kim jabrlanmagan.

"Taxminan 3,5 ming bemor va yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuasiya qilingan. Hodisa sababi sifatida shifoxona yaqinidagi tunnel va stansiya tutashgan joydagi tuproq cho‘kishi ko‘rsatilmoqda", deya yozmoqda Bangkok Post.

Kiritildi: 20:25 24.09.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!