Bu haqda xabar bergan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligidan baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun ijara asosida yer olgan Bahodir Shoto‘rayev (ism-sharif o‘zgartirildi) hududdagi yer maydonida baliqchilik xo‘jaligini tashkil etish o‘rniga shartnoma shartlarini buzib, foydalanib kelgani aniqlandi. Noruda materiallar qazib olingan hududda marksheyderlik o‘lchovi o‘tkazilganida u 14550,46 kub-metr qum qazib olgani va tabiatga 1 milliard 50 million 543 ming so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.