Bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari mashhur sayyohlik oroli Balida kamida 19 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya xabar beradi Xinhua agentligi.
Bundan tashqari, 10 kishi bedarak yo‘qolgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Suv toshqinlari uylar va qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazgan, aholini balandroq yerlarga evakuasiya qilishga majbur qilgan.
Indoneziya meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi kuchli yog‘ingarchilikning hafta davomida davom etishi kutilayotgani haqida ogohlantirdi.
Indoneziyada yomg‘irli mavsum odatda noyabrdan aprelgacha davom etadi. Biroq, so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi sababli, mavsum uzaytira boshladi, bu esa yanada jiddiy tabiiy ofatlarga olib keldi.